Powered By Blogger

четверг, 10 апреля 2014 г.

Открылось четырнадцатое пленарное заседание Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан

Открылось четырнадцатое пленарное заседание Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан


В городе Ташкенте 10 апреля 2014 года открылось четырнадцатое пленарное заседание Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан. Приглашенные члены Кабинета Министров, руководители министерств и ведомств, представители других организаций, средств массовой информации присутствовали на нём. Вёл заседание Председатель Сената Олий Мажлиса И.Собиров.

Свою работу Сенаторы начали с рассмотрения Закона Республики Узбекистан «О внесении изменений и дополнений в отдельные статьи Конституции Республики Узбекистан (статьи 32, 78, 93, 98, 103 и 117)», внесенного на рассмотрение парламента Президентом Республики Узбекистан в порядке законодательной инициативы. Этот закон подготовлен и принят в соответствии с положениями и идеями, изложенными в докладе главы государства на торжественном собрании, посвященном 21-й годовщине Конституции Республики Узбекистан, определившем приоритетные задачи по значительному углублению осуществляемых в стране демократических реформ.

В Конституцию Республики Узбекистан настоящие изменения и дополнения вносятся в целях дальнейшей демократизации системы власти и управления, обеспечения поэтапной реализации принципа «От сильного государства – к сильному гражданскому обществу», расширения роли палат Олий Мажлиса Республики Узбекистан в системе органов государственной власти, их прав и полномочий в реализации стратегических задач внутренней и внешней политики, усиления функций высшего законодательного органа, представительных органов власти по контролю за деятельностью Кабинета Министров и исполнительных органов, а также повышения ответственности правительства, органов исполнительной власти на местах за реализацию задач социально-экономического развития страны. http://oqituvchi.uz/view_news.php?news=159

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot


2014-yil 10-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi ochildi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir bo‘ldilar. Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.

Senatorlar o‘z ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan parlament muhokamasiga qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqishdan boshladilar. Ushbu Qonun davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisidagi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab bergan ma’ruzasida bayon etilgan qoidalar va g‘oyalarga muvofiq tayyorlangan va qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar hokimiyat va boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish, “Kuchli davlatdan – kuchli fukarolik jamiyati sari” prinsipi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini ro‘yobga chiqarishdagi huquqlari hamda vakolatlarini kengaytirish, qonun chiqaruvchi oliy organ, hokimiyat vakillik organlarining Vazirlar Mahkamasi va ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan nazorat qilish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish uchun hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida kiritilmoqda. http://oqituvchi.uz/view_yangiliklar.php?yangilik=154

Комментариев нет:

Отправить комментарий